O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "Taqdirimsan Baxtimsan" deb nomlangan 2013 yil konserti'dan lavhalar.
Konsert boshlanadigan vaqt bo'lishi bilan butun sahnaga gir aylantirib o'rnatilgan ekranlar jonlandi va sahnaga cholg'uchilardan biri chiqib keldi hamda qonun sozida san'at saroyining konsert boshlanganini bildiruvchi kuyini ijro qildi. Sekin-asta boshqa sozandalar sahnaga chiqib, tomoshabinlarning qarsaklari jo'rligida sho'x musiqani jonli ijro eta boshlashdi. Olqishlar sadosi ostida sahnaga chiqqan Ozodbek Nazarbekov "Atrofingda men sarson" deb nola qilishi bilan zal bir qo'zg'aldi, qarsaklar ovozi kuchaydi.... Yangi-yangi taronalarning mahoratli va eng muhimi samimiy jarangi, sozandalarning professional ijrosi, "Ofarin" raqs teatri xamda "Parizoda" raqs dastasining qoyilmaqom ravishda sahnalashtirilgan raqslari, sahnani qurshab olgan va xatto polga ham o'rnatilgan ekranlardagi yorqin tasvir, Shukrullo Isroilov, Botirxon Imomxo'jayev kabi so'z ustalarining va iste'dodli yoshlar "Comedy.uz" rezidentlarining ichakuzdi chiqishlarini o'zida jam etgan, salkam 3 asoatlik konsert ana shu yo'sinda, yuqori notadan boshlandi. Shunisi qiziqki, xali konsert avjiga chiqmasdan turib, tomoshabilar birinchi taronaning o'zidayoq xonandaga qo'shilib qo'shiq kuylashi xech bir yulduzning konsertida k
...
Читать дальше »